O'zbekiston

Navoiyda kommunal qarzdorliklar MIB orqali undirilmoqda

Natijada kommunal sohadagi ijro hujjatlar qoldig‘i 34,7 foizga qisqartirilgan.

Navoiyda kommunal qarzdorliklar MIB orqali undirilmoqda

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan dolzarb haftalik davomida kommunal sohadagi ijro hujjatlarining samarali ijrosini taʼminlash, energiya resurslari, suv taʼminoti va boshqaruv-servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish hamda shu sohadagi hujjatlar sonini kamaytirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, haftalik doirasida qarzdorlarga nisbatan ogohlantirish ishlari olib borilib, mahallabay va xonadonbay o‘rganishlar o‘z samarasini berdi.

 

Shuningdek, kommunal tashkilotlar bilan hamkorlikda debitor qarzdorliklarni tahlil qilish, muammoli qarzdorlar bilan ishlash ishlari tizimli tashkil etildi.

 

Dolzarb haftalik davomida, kommunal sohaga oid 421 ta ijro hujjatlari amalda tamomlandi va 1 mlrd 907 mln so‘m qarzdorlik undirildi.

 

Eng muhimi, kommunal sohadagi ijro hujjatlar qoldig‘i 315 taga 34,7 foizga qisqartirildi.

 

Kelgusida ham kommunal sohadagi ijro hujjatlari sonini yana-da qisqartirish, qarzdorliklarni barvaqt undirish hamda profilaktik choralar izchillik bilan davom ettiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Navoiyda kommunal qarzdorliklar MIB orqali undirilmoqda | Zamon.uz