O'zbekiston

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan avtokredit olib, uni vaqtida to‘lamay kelgan.

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqarodan undiruvchi bank foydasiga jami 168 786 251 so‘m qarz undirish hamda undiruvni JETOUR rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan ijro hujjati mavjud.

 

Mazkur holatning kelib chiqish sababi shundaki, fuqaro ushbu avtotransport vositasini bankdan avtokredit asosida xarid qilgan bo‘lsa-da, kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Natijada qarzdorlik yuzaga kelib, sud qaroriga asosan ijro harakatlari boshlangan.

 

Ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli JETOUR rusumli avtomashina qidiruvga berilgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu transport vositasi yo‘l harakati jarayonida aniqlanib, belgilangan tartibda ushlab qolingan va 2026 yil 22 aprel kuni xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, qarzdor tomonidan 2025 yildan buyon yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy jarimalar ham o‘z vaqtida to‘lanmagan. Bu holat ham fuqaroning mavjud majburiyatlariga yetarli darajada eʼtibor qaratmaganini ko‘rsatadi.

 

Hozirgi kunda davlat ijrochisi tomonidan ushbu avtotransport vositasini qonunchilikda belgilangan tartibda “auksion savdolari”ga chiqarish orqali qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Mazkur holat barcha fuqarolar uchun muhim xulosa bo‘lib xizmat qiladi: kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik nafaqat qarzdorlikka, balki mulkni yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin. Shuningdek, mayda deb qaralgan jarimalarni ham o‘z vaqtida to‘lab borish kelgusida katta muammolarning oldini oladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi | Zamon.uz