O'zbekiston

Endi O‘zbekistonda “dom”larning balkoniga kir yoyish taqiqlanadi

Yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish, u yerda og‘ir buyumlarni saqlash man etiladi.

Endi O‘zbekistonda “dom”larning balkoniga kir yoyish taqiqlanadi

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish tartibiga oid yangi qoidalar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, “Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari” (ro‘yxat raqami 3824, 2026-yil 29-aprel) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Hujjatga muvofiq, endilikda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftasiga kamida bir marta tozalanishi shart.

 

Yangi tartibga ko‘ra, uylarni boshqarish organlari tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun umumiy texnik pasport yuritiladi. Shuningdek, ular yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlarning soz holatini ta’minlash, zarur xo‘jalik anjomlari va materiallarni xarid qilish uchun mas’ul etib belgilandi.

 

Qoidalarga binoan, uylarning fasad qismi va umumiy foydalanish hududlarida reklamalar, afishalar hamda boshqa e’lonlarni o‘rnatish faqat mulkdorlar umumiy yig‘ilishi qarori asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, turar joylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmasligi kerak.

 

Hujjatda sanitariya talablari ham kuchaytirilgan. Jumladan, zaruratga ko‘ra, uylarning umumiy hududlari va tutash joylari boshqaruv organlari tomonidan deratizatsiya, dezinseksiya va dezinfeksiya qilinadi. Yerto‘lalarda avariya tufayli suv yoki oqova to‘planib qolsa, ular 24 soat ichida bartaraf etilishi lozim.

 

Bundan tashqari, lift xonalari haftasiga bir marta tozalanadi va lift uskunalari doimiy texnik monitoringdan o‘tkaziladi.

 

Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlanadi: 

 

  •  yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish; 
  •  balkonlarda og‘ir buyumlarni saqlash; 
  • balkonlar va lodjiyalarning fasad (tashqi) qismlarida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno); 
  • uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlash; 
  • kirish yo‘laklarining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvchi materiallarni saqlash; 
  • umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish. 

 

Shuningdek, avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar usti, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.