Jahon

Jahon shaharlar forumi WUF13 joriy yilda Bokuda o‘tkaziladi

17-22-may kunlari boʻlib oʻtadigan WUF13 shaharsozlik, innovatsiya va “yashil” rivojlanish masalalariga bag‘ishlanadi.

Jahon shaharlar forumi WUF13 joriy yilda Bokuda o‘tkaziladi


2026-yil 17–22-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbir dunyodagi eng yirik global platformalardan biri bo‘lib, shaharlarda barqaror rivojlanish va zamonaviy urbanizatsiya masalalariga bag‘ishlangan.

 

Forum BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) va Ozarbayjon hukumati hamkorligida tashkil etilib, unda davlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamjamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

 

Jahon shaharlar forumi 2001-yilda BMT tomonidan global urbanizatsiya jarayonlari va uning jamiyat, iqtisodiyot hamda iqlim o‘zgarishiga ta’sirini o‘rganish maqsadida ta’sis etilgan. 2002-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinayotgan ushbu forum bugungi kunda eng ochiq va inklyuziv xalqaro muloqot platformalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

 

WUF13 doirasida shaharlarni barqaror rivojlantirish, tajriba almashish va innovatsion yechimlarni muhokama qilishga qaratilgan qator sessiyalar, davra suhbatlari, assambleyalar hamda “Urban Expo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko‘rgazmada ishtirokchilar zamonaviy shaharsozlik, infratuzilma va “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilg‘or yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Forumning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni qamrab oladi: barqaror urbanizatsiya bo‘yicha jamoatchilik xabardorligini oshirish, siyosiy va amaliy tajribalar almashinuvi orqali bilimlarni boyitish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

 

Shuningdek, WUF13 doirasida “SDGs in Action”, “ONE UN”, “Urban Voices”, “Networking Events”, “WUF Academy”, “Urban Library” va “Urban Cinema” kabi maxsus tadbirlar ham tashkil etiladi.

 

Mutaxassislar fikricha, Boku shahrida o‘tkaziladigan WUF13 global urbanistik siyosat va kelajak shaharlarini rivojlantirish yo‘nalishida muhim xalqaro platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.