O'zbekiston

O‘zbekistonda energetika tizimi tashkil topganiga 100 yil bo‘ldi

Energetika vaziri soha xodimlariga tabrik yo‘lladi.

O‘zbekistonda energetika tizimi tashkil topganiga 100 yil bo‘ldi

O‘zbekistonda zamonaviy energetika tizimi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘llandi. Sana 1926-yil 1-may kuni Bo‘zsuv gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgani bilan bog‘liq bo‘lib, aynan shu voqea mamlakat energetika tizimiga asos solgan tarixiy bosqich sifatida e’tirof etiladi.

 

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘z tabrigida qayd etishicha, dastlabki quvvati 2 megavatt bo‘lgan ushbu stansiya o‘z davrida sanoat va shahar infratuzilmasini elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.

 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir asr davomida soha jadal rivojlanib, yangi elektr stansiyalari barpo etilib, mavjud tarmoqlar kengaytirildi hamda infratuzilma izchil modernizatsiya qilingan.

 

So‘nggi yillarda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sohaga qaratilgan e’tibor natijasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, 2021–2025-yillarda umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan 15 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshirildi. Natijada, 2025-yilda quyosh va shamol manbalari orqali 10,5 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yil yakuniga borib bu ko‘rsatkichni 15 milliard kVt⋅soatga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirilgan, gidroelektr stansiyalar quvvati esa 2 400 megavattdan oshirilgan.

 

Qayd etilishicha, joriy yil yakuniga qadar yana yangi generatsiya quvvatlari, podstansiyalar va minglab kilometr elektr tarmoqlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Vazir o‘z murojaatida energetika sohasi xodimlarining fidokorona mehnati va kasbiy mahorati kelgusida ham tarmoqning izchil rivojlanishini ta’minlashiga ishonch bildirgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"