Jahon

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi konchilik loyihasiga sarmoya kiritdi — Financial Times

Skyline Builders orqali Kaz Resources’ning 20 foiz ulushi sotib olingan.

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi konchilik loyihasiga sarmoya kiritdi — Financial Times

 

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari — Erik Tramp va Donald Tramp kichik Qozog‘istonda volfram qazib olish bilan bog‘liq loyihaga sarmoya kiritgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil avgust oyida aka-ukalar Skyline Builders qurilish guruhida ulush sotib olgan. Keyinchalik mazkur kompaniya konchilik sohasidagi Kaz Resources korxonasining 20 foiz ulushini qo‘lga kiritgan.

 

Shuningdek, 30-aprel kuni Cove Kaz Capital va Kaz Resources kompaniyalari Skyline bilan birlashish bo‘yicha kelishuvga erishgani bildirilgan. Yangi tuzilma kelgusida NASDAQ birjasida Kaz Resources brendi ostida savdoga chiqishi rejalashtirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, birlashuv haqidagi rasmiy press-relizda Trampning o‘g‘illari nomi tilga olinmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi konchilik loyihasiga sarmoya kiritdi — Financial Times | Zamon.uz