O'zbekiston

Namanganda aliment to‘lamay yurgan ayol kafedan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, u uzoq vaqt davomida davlat ijrochilaridan yashirinib yurgan.

Namanganda aliment to‘lamay yurgan ayol kafedan topildi

Namangan viloyatida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan fuqaroni qidirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar samara berdi. Byuroning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan M.A. uzoq vaqt davomida davlat ijrochilaridan yashirinib yurgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaro aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagani sababli unga nisbatan qidiruv ishlari boshlangan. Shundan so‘ng masʼul idoralar tomonidan uning ehtimoliy harakatlanish yo‘nalishlari va yashash joylari o‘rganilib, tezkor-qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilgan.

 

Olib borilgan izlanishlar natijasida u Namangan shahri Davlatobod tumanida joylashgan “Yashil bozor” atrofida ko‘ringani aniqlangan. Keyinchalik, ushbu hududdagi kafelardan birida bo‘lishi mumkinligi haqida maʼlumot kelib tushgan.

 

Boshqarma qidiruv inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qarzdor ayol aynan shu kafe ichida topildi. U shu zahotiyoq davlat ijrochilariga topshirildi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda aliment to‘lamay yurgan ayol kafedan topildi | Zamon.uz