O'zbekiston

Toshkentda alimentchi ota “fol ochtirish operatsiyasi”da qo‘lga tushdi

Maʼlumotlarga ko‘ra, erkak 4 yil davomida aliment to‘lamay kelgan. Natijada qarzdorlik 75 mln so‘mdan oshib ketgan.

Toshkentda alimentchi ota “fol ochtirish operatsiyasi”da qo‘lga tushdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra qarzdor b.N.dan undiruvchi E.Q.ning foydasiga ikki nafar farzandlari taʼminoti uchun javobgarning har oylik ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. 01.11.2022 yildan 23.02.2026 yilga qadar alimentdan bo‘lgan jami qarzdorligi 75.488.909 so‘mni tashkil etgan.

 

Yuzaga kelgan qarzdorlik uchun qarzdor alimentchi ota o‘zining masʼuliyatini butkul unutib, qarzdorlikni to‘lamasdan yurgan. Natijada qarzdorning oilaviy sharoiti, oila aʼzolari davlat ijrochilari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

 

Shunda davlat ijrochilarining o‘rganish ishlariga ko‘ra, qarzdor xonadonida g‘ayriodatiy mahoratli “bashoratchi” borligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng, xodimlar tezkor tadbir rejalashtirilgan. Tadbirda davlat ijrochilari qarzdor xonadoniga “fol ochtirish” uchun tashrif buyuradilar. Fol ochtirish paytida ijrochilar sergak tortib erta tongda “noz uyqusi”da bo‘lgan alimentchi otani qo‘lga olishadi va shu kunning o‘zidayoq qarzdor ota qamoqqa yuborilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.