Jahon

Eron AQShdan 14 bandli reja bo‘yicha javob oldi

Vashington javobi Pokiston orqali yetkazilgan va hozir tahlil qilinmoqda.

Eron AQShdan 14 bandli reja bo‘yicha javob oldi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qo‘shma Shtatlar Tehron tomonidan ilgari surilgan 14 banddan iborat tinchlik rejasiga o‘z javobini yetkazganini ma’lum qildi deb xabar beradi Tasnim.

 

Vazirning bildirishicha, AQSh tomoni mazkur javobni vositachi sifatida ishtirok etayotgan Pokiston orqali yuborgan. Hozirda Eron tomoni ushbu hujjatni atroflicha o‘rganmoqda.

 

Davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, rasmiy Tehron hozircha yadroviy muzokaralar boshlanganini tasdiqlamagan. Shu bilan birga, mazkur almashinuv ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik muloqotlar davom etayotganini anglatadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"