O'zbekiston

Farg‘ona 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Hozirda kuchli yog‘ingarchilik oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Farg‘ona 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Joriy yilning 1-may kuni soat 21:41 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgani hamda uning oqibatida tumanning “Vorux Dasht” va “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ayrim ko‘chalarda 90 dan ortiq xonadon tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

 

Ma’lumotga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan Farg‘ona viloyati FVB, viloyat va tuman hokimligi hamda FVDT xizmatlari yetib borib, oqibatlarni bartaraf etish ishlarini boshlab yuborgan.

 

Hozirda hududda suvni chiqarish, zararlangan joylarni tozalash hamda aholi uchun xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Barcha tegishli kuch va vositalar safarbar etilgan.

 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, oqibatlarni qisqa muddatda bartaraf etish rejalashtirilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Farg‘ona 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi | Zamon.uz