O'zbekiston

O‘zbekistonda 1100 nafar xonanda 6,4 mlrd so‘m daromad qildi

Eng yuqori daromad 152 mln so‘mgacha yetgan.

O‘zbekistonda 1100 nafar xonanda 6,4 mlrd so‘m daromad qildi

O‘zbekistonda konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlar tomonidan daromadlarni deklaratsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Soliq qo'mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil boshidan 2026-yil 1-may holatiga qadar 1100 nafar litsenziyaga ega xonanda o‘z daromadlari to‘g‘risida yillik deklaratsiya topshirgan.

 

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda jami 6 mlrd 478,5 mln so‘m daromad ko‘rsatilgan. Shundan 5 mlrd 91,9 mln so‘mi soliqqa tortiladigan daromad bo‘lib, 599,7 mln so‘m daromad solig‘i hisoblangan.

 

Xonandalar daromadlari reyting guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 

47 nafar ijodkor 1 mlrd 495,8 mln so‘m daromad ko‘rsatgan;

 

100 nafar san’atkor 901,4 mln so‘m daromad qayd etgan;

 

953 nafar ijodkor esa 4 mlrd 81,3 mln so‘m daromad bildirgan.

 

Shuningdek, deklaratsiyalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, aksariyat ijodkorlar yiliga 10 mln so‘mgacha daromad qayd etgan. Ayrim yuqori toifadagi san’atkorlar esa 152 mln so‘mgacha daromad olganini bildirgan.

 

Qonunchilikka muvofiq, mazkur toifadagi soliq to‘lovchilar hisoblangan soliq summalarini 2026-yil 1-iyunga qadar to‘lashlari lozim.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1100 nafar xonanda 6,4 mlrd so‘m daromad qildi | Zamon.uz