O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Bir oy ichida majmuaga 1 milliondan ortiq ziyoratchi tashrif buyurgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

3-may kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyurib, avvalo Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

 

Ezgu anʼanalarga muvofiq, davlat rahbari buyuk muhaddis Imom Buxoriy maqbarasida Qurʼon tilovat qildirib, duo oʻqidi.

 

Qayd etilishicha, mazkur majmua Prezident tashabbusi bilan buyuk allomaning islom olamidagi yuksak mavqeiga munosib tarzda qayta bunyod etilgan. Ziyoratchilar uchun keng va zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

 

Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari natijasida majmuaning qabul qilish quvvati sezilarli darajada oshirildi. Ilgari kuniga 12 ming ziyoratchiga xizmat koʻrsatgan majmua bugungi kunda 65 ming nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qilish imkoniyatiga ega.

 

Maʼlumotlarga koʻra, majmua qayta ochilganidan keyin bir oy ichida bu yerga 1 milliondan ortiq mahalliy va xorijiy ziyoratchilar tashrif buyurgan.

 

Tashrif davomida Prezident majmuaga keluvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani kengaytirish va ziyorat madaniyatini rivojlantirish yuzasidan qator topshiriqlar berdi.

 

Xususan, avtoturargohlarni kengaytirish, sayr hududlarini obodonlashtirish, dam olish uchun qulay muhit yaratish va bu boradagi ishlarni muntazam tahlil qilib borish zarurligi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, majmuada imom-xatiblar malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy oʻrganib borish hamda qoʻshimcha choralar belgilash muhim ekani qayd etildi.

 

Davlat rahbari muqaddas qadamjolarni obod saqlash, ziyorat madaniyatini yuksaltirish va tarixiy merosga hurmat ruhini mustahkamlash yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.