O'zbekiston

“6 ta hokim qarori haqiqiy emas deb topildi”- hisobot

Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisi o‘rinbosari Akram Yusupovning aytishicha, o‘tgan 3 oy davomida mahalliy hokimliklarga nisbatan 38 ta shikoyat ko‘rilgan. Shundan 12 tasi qanoatlantirilgan. Natijada 6 ta hokim qarori noqununiy bo‘lib chiqqan. Yusupovga ko‘ra, soliq, pensiya jamg‘armalari, MIB mansabdorlarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘rash holatlari ortgan.

“6 ta hokim qarori haqiqiy emas deb topildi”- hisobot

Toshkent shahar maʼmuriy sudi 2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha hisobot eʼlon qildi.

 

Qayd etilishicha, birinchi instansiyasi sudi 605 ta ariza ko‘rib chiqqan. Shundan 139 tasi qanoatlantirilgan, 351 tasi rad qilingan, 64 tasi ish yurituvidan tugatilgan hamda 51 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Shu tariqa, ko‘rilgan ishlar 2025 yilning mos davriga nisbatan 15,7 foizga kamaygan.

 

Poytaxt maʼmuriy sudi raisi o‘rinbosari Akram Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, mansabdorlarning xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘paygan. 

 

“Alohida qayd etiladiki, davlat soliq organlari, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari, mahalliy hokimliklar, Majburiy ijro byurolari, Qurilish vazirligi va hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘proq ko‘rilgan”- deydi Yusupov.

 

Xususan, davlat soliq organlari bilan bog‘liq 125 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning 23 tasi fuqarolar foydasiga hal bo‘lgan va 15 ta soliq organlarining qarori noqununiy deb topilgan. Arizalarning 79 tasi esa qanoatlantirilmagan. 

 

Qolaversa, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalariga berilgan arizalar yuzasidan 55 ta ish ko‘rilgan va 23 tasi qanoatlantirilgan. 19 ta shikoyat rad etilgan.

 

“Mahalliy hokimliklarga nisbatan berilgan shikoyatlar yuzasidan 38 ta  ish ko‘rilgan. Shundan 12 tasi qanoatlantirilgan, Qolgani rad etilgan. Qanoatlantirilganlari natijasida, 6 ta hokim qarori haqiqiy emas, deb topilgan”- deydi Akram Yusupov.

 

Uning qayd etishicha, MIBga aloqador 118 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 20 tasida fuqarolar yutib chiqqan. 71 ta ish qanoatlantirishdan rad qilingan.

 

“Shuningdek, chiqarilgan sud taʼsir choralarining 17 tasi MIB mansabdorlar shaxslarida aniqlangan qonun buzilish holatlariga to‘g‘ri keladi”- deydi u.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.