Jahon

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev

Prezident iqtisodiy turg‘unlikning oldini olish uchun sun’iy intellekt va platforma yechimlarini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev

 

Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston iqtisodiyoti rivojlanishida muhim tizimli muammolar mavjudligini qayd etdi. Davlat rahbari ayrim iqtisodchilar fikriga qo‘shilgan holda mamlakat “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelayotganini ta’kidladi. Bu haqda Akorda ma'lum qildi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning an’anaviy omillari — tabiiy resurslar va arzon ishchi kuchi samaradorligi pasayib bormoqda. Shu bilan birga, yangi rivojlanish drayverlari hali to‘liq shakllanmagan va yetarlicha ishga tushirilmagan.

 

U global tendensiyalar fonida rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi tafovut ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivoji kapital va innovatsiyalarni yetakchi davlatlar qo‘lida jamlanishiga olib kelmoqda.

 

Shu munosabat bilan davlat rahbari iqtisodiy turg‘unlikning oldini olish uchun raqamli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish zarurligini qayd etdi. Bu borada keng ko‘lamli platforma yechimlarini ishlab chiqish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan samarali foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

 

Prezident, shuningdek, yagona davlat ma’lumotlar tizimini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, davlat xizmatlarini tezkor va samarali ishlaydigan tizimga aylantirish zarurligini qayd etdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev | Zamon.uz