Jahon

Afgʻonistonda ayollarning diplomlarini sertifikatlash toʻxtatildi

Shuningdek oliy taʼlim tizimida ham yangi cheklovlar joriy etilgan.

Afgʻonistonda ayollarning diplomlarini sertifikatlash toʻxtatildi

Afgʻonistonda ayollarning akademik maʼlumotlarini tekshirish va sertifikatlash jarayoni toʻxtatilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Afghanistan International nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ayollarga tegishli taʼlim hujjatlarini, jumladan, xorijiy taʼlim muassasalarida olingan diplom va sertifikatlarni tasdiqlash amaliyoti bekor qilingan. Kobuldagi fuqarolarning bildirishicha, vazirlik hududida ularga “ayollar hujjatlarini tekshirish endi taqiqlangan” ekani ma’lum qilingan.

 

Shu bilan birga, oliy taʼlim tizimida ham kengroq cheklovlar joriy etilgan. Xususan, Afgʻoniston Oliy taʼlim vazirligi tomonidan davlat universitetlariga xorijiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlaridan keladigan akademik maʼlumotlarni tasdiqlash bo‘yicha so‘rovlarga javob bermaslik haqida og‘zaki ko‘rsatma berilgani aytilmoqda. Bu ko‘rsatmalar erkak va ayol talabalarga birdek taalluqli bo‘lsa-da, ayollarga nisbatan qo‘llanilayotgan umumiy taʼlim cheklovlari fonida ularning imkoniyatlari yanada qisqarishi kutilmoqda.

 

Mazkur qaror natijasida afgʻon ayollarining xorijda oʻqishni davom ettirish, diplomlarini tasdiqlash yoki xalqaro tashkilotlarda ish topish imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanadi. Shuningdek, bu holat Afgʻonistonning xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorligi va xalqaro taʼlim almashinuvi jarayonlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, ushbu choralar keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilmaslik maqsadida “jim va bosqichma-bosqich” tarzda joriy etilmoqda. Universitet ma’muriyatlariga xorijdan keladigan rasmiy so‘rovlarga javob bermaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgani esa amalda akademik hujjatlarning xalqaro miqyosda tan olinishi jarayonini to‘xtatib qo‘yadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Afgʻonistonda avval ham qizlarning maktab taʼlimi oltinchi sinfdan keyin taqiqlangan, shuningdek, ayollarning ko‘plab sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishiga ham jiddiy cheklovlar joriy etilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afgʻonistonda ayollarning diplomlarini sertifikatlash toʻxtatildi | Zamon.uz