O'zbekiston

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” iqtisodiyot uchun 9 mln yevro ajratadi

Loyihada hududiy rivojlanish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish, “yashil” pilot loyihalarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” iqtisodiyot uchun 9 mln yevro ajratadi

O‘zbekistonda hududlarni barqaror rivojlantirish va “yashil” iqtisodiyotni rag‘batlantirish maqsadida Germaniya bilan yangi grant kelishuvi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

 

Kelishuvga ko‘ra, hududiy rivojlanish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish va “yashil” pilot loyihalarni amalga oshirish uchun 9 million yevro mablag‘ jalb etiladi.

 

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar mazkur bitimga erishdi. 

 

Muzokaralar davomida ilgari amalga oshirilgan loyihalar natijalari tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

Qayd etilishicha, avval ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan 12 ta tuman uchun kompleks rivojlanish master-rejalari ishlab chiqilgan hamda 24 ta pilot loyiha ijobiy baholangan. Jumladan, Shahrisabz tumanida 500 gektar maydonda agroturizm majmuasi tashkil etildi, bir qator hududlarda kasbga o‘qitish markazlari ishga tushirilgan. 

 

Shuningdek, intensiv baliqchilik loyihalari yo‘lga qo‘yilib, ijtimoiy obyektlarda energiya tejovchi texnologiyalar joriy etildi, IT va hunarmandchilik markazlari tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarga jami 1,3 million yevro grant mablag‘lari yo‘naltirilgan.

 

Yangi kelishuvga muvofiq, 2026–2029-yillarda mazkur ishlar kengaytiriladi. Xususan, master-rejalarni ishlab chiqishda sun’iy intellekt va innovatsion tahlil usullaridan foydalanish, mavjud rejalar asosida “yashil” pilot loyihalarni ko‘paytirish rejalashtirilgan.

 

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, Baxmal, Boysun va So‘x tumanlarida ham yangi tashabbuslar amalga oshiriladi. Loyihalar samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb qilinib, mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, seminar va treninglar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.