O'zbekiston

Ohangaron va Shahrixonda ixtisoslashgan charm sanoati zonalari tashkil etiladi

Sohada ishlab chiqarishni kengaytirish va 12 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Ohangaron va Shahrixonda ixtisoslashgan charm sanoati zonalari tashkil etiladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda sohani qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish borasida izchil choralar ko‘rilmoqda.

 

Jumladan, joriy yilning birinchi choragida charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi 962 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 25 foizdan oshdi. 2030-yilga qadar ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga, eksportni esa 500 million dollarga yetkazish, 12 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, mavjud xomashyo salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Xususan, qo‘y va echki terisini qayta ishlash darajasi 30 foiz atrofida, yiliga tayyorlanadigan 40 ming tonna junning esa atigi 15 foizi qayta ishlanmoqda.

 

Taqdimotda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulot ulushini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Hududlarda ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent viloyatining Ohangaron va Andijon viloyatining Shahrixon tumanlarida charm-poyabzal sanoatiga mo‘ljallangan zamonaviy sanoat zonalari barpo etiladi. Ushbu zonalarda ishlab chiqarish infratuzilmasi, logistika, dizayn hamda malaka oshirish markazlari tashkil qilinadi.

 

Ohangaronda ekologik talablarga javob beradigan, markazlashgan suv tozalash tizimiga ega zamonaviy sanoat zonasi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bu yerda kuniga 8 ming kub metrgacha suvni tozalab, qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida qo‘shni davlatlardan teri importini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlarni “yagona darcha” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash, transport xarajatlarini kompensatsiya qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida terini yig‘ish va birlamchi qayta ishlash punktlarini tashkil etish, Sirdaryo viloyatida yiliga 30 ming tonna junni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi kompleks barpo etish rejalashtirilmoqda.

 

Sun’iy charm ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda 7 ta yirik loyiha amalga oshirilib, yiliga 50 million pogon metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

 

Davlat rahbari sohaga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

 

Mutasaddilarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportni kengaytirish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.