O‘qituvchilarning 4 mln oyligi qachon 1000 dollar bo‘ladi?
O‘zbekistonda hamon o‘qituvchi va shifokorlar hamon eng past oylikka ishlamoqda. Bugungi kunda o‘qituvchilarning bazaviy maoshi 5 143 717 so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda hamon o‘qituvchi va shifokorlar hamon eng past oylikka ishlamoqda. Statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatdagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi haqida tahlil eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra, 2026 yil yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 825 ming 900 so‘mni tashkil etgan. Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanib 11 mln 684 ming 300 so‘mni tashkil qilgan.
O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish surʼatlari tashish va saqlash sohasida qayd etildi. Xususan, mazkur sohada 2025 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 22,5 % ni tashkil etib, ish haqi miqdori 10 709,3 ming so‘mga yetgani kuzatildi.
Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 615,9 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy taʼlim sohasida 10 843,9 ming so‘mni, texnik va professional taʼlim sohasida 4 931,9 ming so‘mni, umumiy o‘rta taʼlim sohasida 4 474,8 ming so‘mni, maktabgacha taʼlim sohasida esa 2 485,2 ming so‘mni tashkil etgan.
Prezident Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda davlat rahbari o‘qituvchilar oyligini 1000 dollarga yetkazish haqida gapirgan edi.
2026 yilning 21 aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir Eʼzoza Karimova O‘zbekistonda hozirgi kunda 3-4 foiz o‘qituvchi 10-20 mln atrofida oylik olishini maʼlum qildi.
Vazir Eʼzoza Karimova o‘qituvchilar maoshi oshirilganini aytmoqda. Biroq rasmiy raqamlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori — 10–20 mln so‘mlik oylik faqat kichik qatlamga 24 289 nafar pedagog, 3-4% tegishli. 2024-2025 o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Vaziga ko‘ra, bugungi kunda o‘qituvchilarning bazaviy maoshi 5 143 717 so‘mni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, qo‘shimcha ustamalar tizimi joriy qilinib, pedagogning toifasi, staji va samaradorligiga qarab daromadi oshirilmoqda.
Biroq umumiy raqamlarga qaralsa, bu ko‘rsatkich ancha cheklangan. Masalan, faqat maktabgacha taʼlim tizimidayoq 179,5 ming pedagog faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston bo‘yicha umumiy pedagoglar soni odatda 700–800 ming atrofida deb baholanadi (maktablar, bog‘chalar va boshqa taʼlim muassasalari bilan birga).
Taʼlim bo‘yicha ekspert Komil Jalilovning zamon.uzga maʼlum qilishicha, vazirlik o‘qituvchilarga 10 mln oylik olish tizimi mantiqsizlik.








