O'zbekiston

O‘zbekistonda “Faxriy” maqomi joriy etiladi

Mazkur maqomga ega shaxslar bir qator imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda “Faxriy” maqomi joriy etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Qonun loyihasi bilan faxriylar maqomi, ularning toifalari, shuningdek, soha va idoralarning vakolatlari aniq belgilanishi nazarda tutilmoqda. 

 

Hujjatda faxriylarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlarni tizimlashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, muayyan soha, tarmoq yoki kasbda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat qilgan, davlat hamda jamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lgan fuqarolarga “faxriy” maqomi beriladi.

 

Mazkur maqomga ega shaxslar bir qator imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Xususan, ular sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish, uy-joy va kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lovlari olish, shuningdek, soliq va pensiya tizimi doirasidagi imtiyozlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, faxriylarning ambulator davolanish jarayonida dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanishi, madaniyat va ko‘ngilochar muassasalar — teatrlar, sport inshootlari, muzeylar hamda moddiy madaniy meros obyektlaridan imtiyozli foydalanishi ham nazarda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasida faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash, ularning huquq va kafolatlarini qonunchilik darajasida aniq belgilash ham asosiy maqsad sifatida qayd etilgan.

 

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Faxriy” maqomi joriy etiladi | Zamon.uz