O'zbekiston

Oʻzbekistonda yer osti tunnellari qurish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

2016–2025-yillar davomida 12 ta noqonuniy chegaradan oʻtuvchi tunnel aniqlangan.

Oʻzbekistonda yer osti tunnellari qurish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Oʻzbekistonda davlat chegarasi xavfsizligini mustahkamlash hamda noqonuniy faoliyatlarning oldini olish maqsadida yer osti tunnellari bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi yillarda davlat chegarasi orqali yashirin tunnellar qazish orqali tovar va boshqa moddiy boyliklarni noqonuniy olib oʻtish holatlari ortib bormoqda. Xususan, 2016–2025-yillar davomida 12 ta shunday tunnel aniqlangan. Fargʻona va Andijon viloyatlarida tunnellar orqali 30 milliard soʻmdan ortiq mahsulotlar noqonuniy ravishda olib kirilgani qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Loyihaga koʻra, davlat chegarasi orqali yer osti tunnellari yoki noqonuniy infratuzilmadan foydalangan holda bojxona qonunchiligini buzish ogʻirlashtiruvchi holat sifatida belgilanmoqda. Shuningdek, bunday tunnellar orqali noqonuniy kirish-chiqish yoki chegarani kesib oʻtish uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.

 

Bundan tashqari, noqonuniy tunnellarni qurish, ulardan foydalanish yoki ushbu faoliyatni moliyalashtirish uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy etilishi taklif etilmoqda.

 

Qonun loyihasida yana bir muhim norma sifatida, agar shaxslar ixtiyoriy ravishda noqonuniy tunnellar haqida xabar bersa yoki jinoyatni fosh etishga koʻmaklashsa, ularni jinoiy javobgarlikdan ozod etish nazarda tutilgan.

 

Deputatlar ushbu tashabbus davlat chegarasini yanada mustahkamlash, noqonuniy faoliyatlarga barham berish va mamlakatda xavfsizlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, qonun loyihasini maʼqulladilar.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda yer osti tunnellari qurish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi | Zamon.uz