Jahon

Qozog‘istonda “Kaztsink” zavodida portlash yuz berdi

Portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi.

Qozog‘istonda “Kaztsink” zavodida portlash yuz berdi

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida joylashgan “Kaztsink” metallurgiya majmuasida yuz bergan portlash oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-may kuni tutun so‘rgichni tozalash ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmada portlashga o‘xshash zarba yuz berib, uning ortidan yong‘in kelib chiqqan hamda konstruksiyalarning bir qismi qulagan.

 

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, oqibatlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Hodisa yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan bo‘lib, uning sabablari va tafsilotlari tekshiruv yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.

 

“Kaztsink” halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar va marhumlarning oilalariga moddiy hamda psixologik yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, vakolatli organlar tomonidan atrof-muhitga ta’sir o‘rganilmoqda. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, mahalliy miqyosda chang chiqishi qayd etilgan bo‘lib, ruxsat etilgan me’yorlardan oshish va xavfli moddalar ajralishi aniqlanmagan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyidan to‘rt nafar jabrlanuvchi topilib, tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Qutqaruvchilar, shifokorlar va kinolog guruhlari jalb etilgan.

 

Hodisa tongda shahar aholisi orasida ham xavotir uyg‘otdi — osmon sari ko‘tarilgan quyuq tutun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

 

Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov mazkur holat yuzasidan tegishli vazirliklar va hududiy hokimlikka zarur topshiriqlar berilganini bildirib, vaziyat hukumat nazoratida ekanini ma’lum qildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.