O'zbekiston

1-avgustdan sanoat va yadroviy xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolar mukofotlanadi

Huquqbuzarlikni foto yoki video bilan tasdiqlagan shaxs jarimaning 20 foizini oladi.

1-avgustdan sanoat va yadroviy xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolar mukofotlanadi

 

O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektlari va texnik qurilmalardan foydalanishda aniqlangan qoidabuzarliklar haqida foto va (yoki) video materiallar taqdim etgan fuqarolar rag‘batlantiriladi.

 

Belgilangan tartibga ko‘ra, taqdim etiladigan materiallarda huquqbuzarlikning mohiyati, sodir etilgan joy (geolokatsiya), sana va vaqt aniq aks etgan bo‘lishi lozim. Axborot tizimi orqali kelib tushgan materiallar hamda “E-ma‘muriy ish” uchun zarur maʼlumotlar to‘plami Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi (bo‘limi) masʼul xodimi tomonidan 3 ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqiladi.

 

O‘rganish natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atiladi hamda qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

 

Shuningdek, huquqbuzarlik haqida asosli ma’lumot taqdim etgan shaxs undirilgan jarimaning Qo‘mitaga o‘tkazilgan qismining 20 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.