Jahon

Italiya bosh vaziri sun’iy intellekt nishoniga aylandi

Rasmni tarqatgan foydalanuvchi Meloni “uyalishi kerak”ligi haqida izoh qoldirgan.

Italiya bosh vaziri sun’iy intellekt nishoniga aylandi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni internetda uning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta fotosurati tarqatilganini keskin qoraladi va bunday texnologiyalar siyosiy va shaxsiy hujum vositasiga aylanayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Mazkur tasvirda Meloni yotoqda, ichki kiyimda tasvirlangan bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Bosh vazir ushbu fotosuratni o‘zining Facebook sahifasida ulashib, uning qanday tarqalganiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, rasm “Roberto” ismli foydalanuvchi tomonidan tarqatilgan va postda Meloni “uyalishi kerak”ligi haqida izoh qoldirilgan.

 

Meloni fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan kontentga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirdi va uni tekshirmasdan tarqatmaslik zarurligini ta’kidladi.

 

“Deepfake — bu juda xavfli vosita, chunki u odamlarni aldashi, manipulyatsiya qilishi va istalgan shaxsni nishonga olishi mumkin. Men o‘zimni himoya qila olaman, biroq ko‘pchilik bunga qodir emas,” — dedi u Facebookdagi bayonotida.

 

Bosh vazir ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot organlariga murojaat qilish-qilmaslik masalasi hali ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. Shu bilan birga, u ba’zi izohlarda hazil ohangida, soxta tasvir “uni yanada chiroyli ko‘rsatganini” ham qayd etdi.

 

“Biroq haqiqat shuki, odamlar endi hujum qilish va yolg‘on tarqatish uchun mutlaqo har qanday vositadan foydalanmoqda,” — deya qo‘shimcha qildi Meloni.

 

Bu Meloni bilan bog‘liq birinchi shunday holat emas. Joriy yil boshida ham Rimdagi bir diniy inshootda paydo bo‘lgan farishta haykali uning tashqi ko‘rinishiga o‘xshatilgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

 

O‘shanda ham bosh vazir vaziyatga hazil bilan munosabat bildirgan va o‘zini “farishtaga o‘xshatish noto‘g‘ri”ligini aytgan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.