O'zbekiston

Oliy sud yana 161 nafar qatag‘on qurbonini oqladi

So‘nggi yillarda jami 1 236 nafar qatag‘on qurboni reabilitatsiya qilinib, oqlangan.

Oliy sud yana 161 nafar qatag‘on qurbonini oqladi

 

Oliy sud tomonidan sovet davrida asossiz ayblovlar bilan javobgarlikka tortilgan yana 161 nafar fuqaro oqlandi. Bu haqda sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur jarayon Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 8-oktabrdagi qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan farmoyishi asosida izchil amalga oshirilmoqda.

 

Shu maqsadda tuzilgan respublika ishchi guruhi tomonidan arxiv hujjatlari chuqur o‘rganilib, tarixiy adolatni tiklash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Mutaxassislarga vazirlik va idoralar arxivlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani ham ushbu jarayon samaradorligini oshirmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan izchil ishlar natijasida ilgari reabilitatsiya qilinmagan 1 236 nafar qatag‘on qurboni oqlangan.

 

So‘nggi qarorga ko‘ra, 1920–1934-yillarda turli tuzilmalar — xususan, Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi huzuridagi “Uchlik” qarorlari asosida sudlangan shaxslarga oid jinoyat ishlari qayta ko‘rib chiqildi.

 

Ular bosmachilik harakatlariga yordam berish, qurolli guruhlar tuzish va sovet hokimiyatiga qarshi faoliyatda ayblangan edi. Mazkur ishlar qayta o‘rganilib, 2026-yil 6-may kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari asosida 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti — “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

custom img

Andijondagi zapravkada portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

custom img

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

custom img

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

Gruziyaning turizmni rivojlantirish tajribasi, jumladan, soliq imtiyozlari va enoturizm yo‘nalishlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin.

custom img

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimni YHXX boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Murodbek Sherliyev egalladi.

custom img

Andijonda 15 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘ldi

Janubiy Farg‘ona kanaliga o'zini tashlagan qizning jasadi bir kun o‘tib topilgan.

custom img

O‘zbekiston–Gruziya turizm aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

Gruziya turizm kompaniyalari noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi”da ishtirok etishga taklif qilindi.

custom img

Toshkentda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha yopilishi mumkin

Bog‘chada bolalarning og‘ziga mato tiqilgani va qo‘li eshik bilan qisilgani aks etgan videolar ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"