O'zbekiston

Qurilishda ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilib, hujjatlar soni qisqartiriladi

Qurilish sohasida byurokratiyani qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qurilishda ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilib, hujjatlar soni qisqartiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani qisqartirish va nazorat ishlari natijadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar aholi uchun zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar va rivojlangan infratuzilma barpo etishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yangi qurilish obyektlari xavfsizlik, sifat, ekologiya va shaharsozlik talablariga to‘liq javob berishi zarurligi ta’kidlandi.

 

Taqdimotda qurilish jarayonlarini tartibga soluvchi davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha hujjatlar sonini qisqartirish va inson omilini kamaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Hozirda qurilishni boshlash uchun 8 ta hujjat talab etilishi va bu jarayon ayrim hollarda 3 oydan 12 oygacha cho‘zilishi qayd etildi. Takliflarga ko‘ra, 2 ta hujjat bekor qilinadi, yana 2 tasi raqamli integratsiya orqali shakllantiriladi. Natijada jarayonlar 7 barobargacha tezlashadi.

 

Yangi tartib asosida loyihalashga ruxsatnoma va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i yagona hujjatga birlashtiriladi. “ShaffofAI” tizimi orqali bu jarayon avtomatlashtirilib, 30 ish kunigacha davom etadigan muddat to‘liq qisqartiriladi.

 

Litsenziyalash tizimida ham tub o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. Avval 14 ish kunigacha davom etgan jarayon yangi tizimda atigi 5 daqiqada amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlar elektron bazalar orqali avtomatik tekshiriladi va hujjat ilova qilish talabi bekor qilinadi.

 

Qurilish obyektlarini foydalanishga topshirish tartibi ham soddalashtiriladi. Davlat obyektlari uchun talab etiladigan hujjatlar soni 3 tadan 1 taga qisqartiriladi, qabul qilish muddati esa 2 oydan 15 kungacha kamayadi.

 

Shuningdek, qurilish obyektlarini onlayn monitoring qilish tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish orqali qonunbuzarliklarni erta aniqlash, yashirin iqtisodiyotning oldini olish va mehnat xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

 

Nazorat tizimini kuchaytirish maqsadida “Shaffof qurilish” platformasida texnik va mualliflik nazoratchilarining reyting tizimi joriy etiladi. Qurilish materiallari sifati ustidan nazorat ham raqamlashtiriladi — har bir material maxsus platforma orqali ro‘yxatga olinadi.

 

Noqonuniy qurilishlar muammosi ham muhokama qilindi. Hozirda respublika bo‘yicha minglab ruxsatsiz obyektlar aniqlangani qayd etilib, bunday holatlarning oldini olish uchun raqamli eslatmalar va tizimlar integratsiyasi joriy etilishi taklif qilindi.

 

Davlat rahbari qurilish sohasidagi islohotlar amaliy natija berishi, byurokratik to‘siqlarni kamaytirishi va tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qurilishda ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilib, hujjatlar soni qisqartiriladi | Zamon.uz