O'zbekiston

118 ta “radar”ga tushgan mashina MIB orqali topildi

Hozirda avtoulov saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

118 ta “radar”ga tushgan mashina MIB orqali topildi

Yo‘llardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari yordamida qayd qilingan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha haydovchilarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llaniladi.

 

Jarimalar 3 oy muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan taqdirda undirish uchun Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.

 

Qoidabuzar haydovchiga nisbatan qo‘llanilgan 118 ta jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ish yurituvga kelib tushgan.

 

Ijro ishlari qo‘zg‘atilib, qarzdorga ogohlantirish “SMS” xabarlar yuborilgan. Jarimalar bartaraf qilinmagandan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, avtomashinaga qidiruv eʼlon qilingan.  

 

Qidiruv harakatlari natijasida avtomashina topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda.

custom img

9-may arafasida MIBning faxriy xodimlari holidan xabar olinmoqda

Xususan, Xorazmda faxriylarga hurmat va eʼtibor ko‘rsatish maqsadida boshqarmada uchrashuv tashkil etildi.

custom img

Xorazmda MIB tomonidan ayollarga huquqiy ko‘mak berilmoqda

Unda ayollar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan bergan savollariga huquqshunos - mutaxassislardan batafsil javob olishmoqda.

custom img

Naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish uy joy ijara narxlariga qanday ta’sir qildi?

OLX platformasida joylashtirilgan 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida 2026-yil aprel oyidagi uy joy ijara bozori holati o‘rganildi.

custom img

“Quva Agrostar” korxonasi eksportbop ko‘chat va meva yetishtirishda yangi tizim yaratmoqda

Bugungi kunda “Quva Agrostar” korxonasi tomonidan yiliga 12 turdagi 5 ming tonna mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish yagona zanjir asosida tashkil etilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva holatini o‘rgangan oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi

Mazkur bino yarim asr davomida kapital ta’mirlanmagan. 16 ta qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatib kelgan.

custom img

O‘zbekistondagi top-blogerlar bir yilda 2,7 mlrd so‘m daromad olib, 110 mln so‘m soliq to‘ladi

Blogerlar faoliyati tahlil qilinib, sohaning eng faol 110 nafar vakili ro‘yxati shakllantirildi. 6 nafar top-bloger faoliyati alohida o‘rganildi.

custom img

1-avgustdan sanoat va yadroviy xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolar mukofotlanadi

Huquqbuzarlikni foto yoki video bilan tasdiqlagan shaxs jarimaning 20 foizini oladi.

custom img

Oliy sud yana 161 nafar qatag‘on qurbonini oqladi

So‘nggi yillarda jami 1 236 nafar qatag‘on qurboni reabilitatsiya qilinib, oqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"