O'zbekiston

Nurobodda 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi

Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida 500 nafar mahalliy aholini pudrat shartnomalari asosida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Nurobodda 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligiga “Pista plantatsiyalari tashkil etilishining muhim jihatlari va kutilayotgan natijalar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Respublika O‘rmon agentligi va viloyat Ekologiya boshqarmasi mas’ullari, hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari, olimlar, o‘rmonchilar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Press-tur davomida Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan pista plantatsiyalari barpo etish loyihasidan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar haqida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori Ahmad Sag‘dullayev ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida bajariladigan tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

 

“2026-yildan boshlab 2036-yil yakuniga qadar Nurobod tumanida jami 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etilishi rejalashtirilgan. 2026-yilda ham 5 ming gektar maydonda intensiv pista plantatsiyalari barpo etish, suv ta’minoti infratuzilmasini yaratish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar uchun joriy yilda 21 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi, hududda 40 ta tik quduq va 40 ta membrana o‘rnatilishi maqsad qilingan, – dedi A. Sag‘dullayev. – Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida 500 nafar mahalliy aholini pudrat shartnomalari asosida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ularning har biriga 10 gektardan pista maydonlari biriktirib berilishi belgilangan."

 

Ta’kidlash joizki, tumanda joriy yilning bahor mavsumida 252 gektar yerga ko‘chatdan, 290 gektarga urug‘dan – jami 542 gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil etildi. Hozirda kuzgi mavsumda pista ekilishi uchun agrotexnik qoidalar asosida yer tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

 

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va ulardan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Agrotexnik talablarga ko‘ra, pista daraxtlari 6–7-yilda hosilga kiradi va 12-yildan boshlab yuqori hosildorlikka erishiladi.

 

 

Shundan so‘ng, tuman sharoitida pista ekish va parvarish qilish jarayonlari mutaxassislar tomonidan joyida ko‘rsatib berildi. Press-tur davomida jurnalistlarning mavzuga oid savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

 

Aytish o‘rinliki, shu kunlarda Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Yashilloyiha” instituti tomonidan yerlarni o‘rganish, tuproq-iqlim tahlili va ekish sxemalari ishlab chiqilmoqda. Loyiha yakunida yerlar degradatsiyasining oldini olish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning ekologik barqarorligini ta’minlash maqsad qilingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.