Jahon

Nyu-York sudi Jeffri Epshteynning so‘nggi xatini e’lon qildi

Ushbu yozuv Epshteynning sobiq kameradoshi, qotillikda ayblangan sobiq politsiyachi tomonidan topilgan.

Nyu-York sudi Jeffri Epshteynning so‘nggi xatini e’lon qildi

AQShning Nyu-Yorkdagi federal sudi moliyachi Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayotgan va “o‘z joniga qasd qilish xati” sifatida ta’riflanayotgan hujjatni ommaga e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Qo‘lyozma shaklidagi hujjatda, jumladan, “Xayrlashish vaqtini o‘zing tanlash imkoniga ega bo‘lish — bu bir imtiyoz” degan jumla keltirilgan.

 

Jeffri Epshteyn 2019-yil avgust oyida Manhattendagi qamoqxona kamerasida o‘lik holda topilgan edi. Rasmiylar uning o‘limini o‘z joniga qasd sifatida baholagan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu yozuv Epshteynning sobiq kameradoshi, qotillikda ayblangan sobiq politsiyachi Nikolas Tartagliyone tomonidan topilgan. U Epshteyn bilan 2019-yil iyul oyida taxminan ikki hafta bir kamerada saqlangan.

 

AQSh okrug sudyasi Kennet Karas mazkur hujjat Tartagliyone ishi materiallariga aloqador bo‘lgani sababli oshkor etilishi mumkin degan qarorga kelgan. Hujjat The New York Times so‘roviga javoban e’lon qilingan.

 

Sudya qarorida hujjatni maxfiy saqlash uchun huquqiy asos mavjud emasligi qayd etilgan. Shu bilan birga, sud uning haqiqiyligi yoki saqlanish tarixi bo‘yicha baho bermagan.

 

Sariq bloknotga yozilgan matnda Epshteyn o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar haqida yozib, “Mendan nima kutyapsiz — yig‘lab yuboraymi?! Yo‘q, bunga arzimaydi!” degan jumlalarni ham qoldirgani aytilmoqda.

 

Jeffri Epshteyn avval 2008-yilda Floridada voyaga yetmagan shaxsdan fohishalik xizmatlarini talab qilganlikda aybini tan olib, qisqa muddatli jazo olgan. 2019-yilda esa u yana hibsga olinib, voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va yollash bilan bog‘liq ayblovlarga duch kelgan.

 

Mazkur yozuv Epshteyn 2019-yil iyulida kamerada bo‘ynida izlar bilan tirik holda topilgan voqeadan keyin paydo bo‘lgan. O‘sha holat keyinchalik “o‘z joniga qasd qilishga urinish” sifatida baholangan. Oradan ko‘p o‘tmay, 2019-yil 10-avgust kuni u kamerada o‘lik holda topilgan va o‘z joniga qasd qilgani rasmiy ravishda ma’lum qilingan.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.