Jahon

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik ayolni o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi hibsga olindi

Mazkur ish bo‘yicha sud majlisi 18-mayga belgilangan.

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik ayolni o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi hibsga olindi

Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan shahar transport departamenti xodimi hibsga olindi deb xabar beradi Slavic Sacramento.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli Jonatan Adorno 10-mart kuni Kvins hududida sodir bo‘lgan avariyadan qariyb yetti hafta o‘tib, 28-aprel kuni qo‘lga olingan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u samosval boshqarib ketayotib, chorrahada burilish vaqtida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 31 yoshli o‘zbekistonlik Nilufar Komilovani urib yuborgan. Hodisa oqibatida ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Haydovchiga piyodaga yo‘l bermaslik va ehtiyotsizlik bilan harakatlanish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

 

Qayd etilishicha, hodisadan so‘ng haydovchi voqea joyini tark etmagan. Mazkur ish yuzasidan Nyu-York avtomagistral patrul xizmatining yo‘l harakati tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Navbatdagi sud majlisi 18-may kuni Kvins jinoyat sudida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik ayolni o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi hibsga olindi | Zamon.uz