Jahon

Rossiyada 8 ta aeroportda parvozlarga vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Vnukovo aeroportidan uchadigan ayrim reyslar bekor qilingan, samolyotlar esa muqobil aerodromlarga yo‘naltirilmoqda.

Rossiyada 8 ta aeroportda parvozlarga vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Vnukovo aeroporti va Rossiyaning yana yettita aeroportida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

 

Rossiya transport vazirligi ma’lum qilishicha, cheklovlar havo hududidagi vaziyat hamda parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida kiritilgan.

 

Hozirda Vnukovo aeroporti bilan bir qatorda Ivanovo, Kaluga, Perm, Sochi, Tambov, Cherepovets va Yaroslavl aeroportlarida ham reyslarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Keyinchalik Rosaviatsiya Perm aeroporti uchun cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva aeroportlarida kamida 30 ta reys ikki soatdan ortiq vaqtga kechiktirilgan. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha xodimlar jalb etilgan bo‘lib, aeroport xizmatlari kuchaytirilgan rejimda faoliyat yuritmoqda.

 

Shuningdek, aviakompaniyalar cheklovlar sabab Vnukovo aeroportidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ayrim reyslarni bekor qilmoqda. Aeroportga yo‘l olgan ayrim samolyotlar esa boshqa muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan.

 

“Rosaviatsiya” ma’lumotiga ko‘ra, Vnukovo aeroportida Moskva vaqti bilan soat 01:41 dan boshlab samolyotlarning qo‘nishi va uchib ketishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

 

Aeroport ma’muriyati kechiktirilgan reyslar yo‘lovchilariga Federal aviatsiya qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatilayotganini, terminal hududida ichimlik suvi va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratilganini bildirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.