O'zbekiston

“Tanqidlarim Mirzamahmudovga qaratilmagan, kim vazir bo‘lsa ham fikrlarimni aytaveraman” — Bakirov

Jamoatchilik faoli Otabek Bakirov  O‘zbekistonda so‘z erkinligiga ta’sir ko‘rsatayotgan qonunchilik bazasi yuzasidan jiddiy xavotirlarini bildirdi va jamoatchilikning keng qo‘llab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

“Tanqidlarim Mirzamahmudovga qaratilmagan, kim vazir bo‘lsa ham fikrlarimni aytaveraman” — Bakirov

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning jamoatchilik faoli Otabek Bakirovga nisbatan da’volari bo‘yicha ish tugatildi. Sud blogerni yolg‘on axborot tarqatish moddasi bo‘yicha jazoga tortish muddati o‘tib ketganligi sababli, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishni tugatdi.

 

Sud qaroridan so‘ng bloger Otabek Bakirov o‘z pozitsiyasiga bevosita oydinlik kiritish uchun energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ishtirok etishini kutganini bildirdi. U so‘nggi bir necha yil davomidagi tanqidlari hech qachon vazirning shaxsiyatiga qaratilmaganini, balki energetika sohasidagi tizimli muammolarga qaratilganini ta’kidladi.

 

“Jo‘rabek Mirzamahmudovni yaxshi ota, yaxshi farzand, yaxshi aka, yaxshi uka sifatida juda hurmat qilaman. Juda yaxshi inson. Umuman men e’tirozim yo‘q. Mening e’tirozim tizimga. Bu vazirlikka Sultonov yoki boshqa vazir bo‘lsa ham fikrimni bildirardim”, — dedi u.

 

Shuningdek, Bakirov O‘zbekistonda so‘z erkinligiga ta’sir ko‘rsatayotgan qonunchilik bazasi yuzasidan jiddiy xavotirlarini bildirdi va jamoatchilikning keng qo‘llab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, bloger mamlakat energetika sektori kelajagi haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashib, tizimli islohotlar va shaffoflikni oshirish tarafdori ekanligini aytdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Tanqidlarim Mirzamahmudovga qaratilmagan, kim vazir bo‘lsa ham fikrlarimni aytaveraman” — Bakirov | Zamon.uz