Xorazmda MIB tomonidan ayollarga huquqiy ko‘mak berilmoqda
Unda ayollar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan bergan savollariga huquqshunos - mutaxassislardan batafsil javob olishmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 iyundagi 354-sonli qaroriga asosan, tayziq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligi muhim sanaladi.
Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi bilan hamkorlikda markazdagi jabrlanuvchi ayollar uchun huquqiy targ‘ibot va tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Davra suhbatida Byuroning Urganch shahar bo‘limi davlat ijrochisi D.Atamuratova hamda Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochisi N. Xudayberganovalar tomonidan jabrlanuvchi ayollarga aliment va boshqa ijro hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Samimiy va ochiq o‘tgan muloqot davomida ayollar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan bergan savollariga huquqshunos - mutaxassislardan batafsil javob oldilar.








