Jahon

Kremlning Parad rejalari o'zgarib ketdi

7-may kuni TACC axborot agentligi tomonidan harbiy paradda ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unda 9 davlat qatnashishi yozilgan.

Kremlning Parad rejalari o'zgarib ketdi

 

Markaziy Osiyo mintaqasida mamlakat rahbarlari 9-may kungi tadbirni bu yil Moskvada emas, uyida kutib oladigan bo‘ldi.

 

7-may kuni TACC axborot agentligi tomonidan harbiy paradda ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unda 9 davlat qatnashishi yozilgan. Menimcha, rostdan ham bu yilgi parad boshqalaridan o‘zgacha tarzda kechadi. Bu haqida esa, video so‘nggida bilib olasiz.

 

         

 

 

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbalarining ham paradda ishtirok etishi noma’lum. Har yili bu vaqtda barcha rahbarlar paradda ishtirok etishga roziligi rus mediasi tomonidan balandparvoz gaplar bilan e’lon qilinar edi.

 

Shu bilan birga Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham paradda ishtirok etmasligini bildirdi.

 

Hukumat rahbari bu qarorni 7-iyunga rejalashtirilgan parlament saylovlari oldidan saylovoldi kampaniyasi boshlangani bilan izohladi.

 

“Men aprel oyida Rossiyaga tashrifim chog‘ida Rossiya prezidentiga saylovoldi kampaniyasi tufayli 9-mayga mo‘ljallangan tadbirlarda qatnasha olmasligimni ma’lum qilganman”, - degan Pashinyan hukumat yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ayrim davlatlar vakillarining 9-may kuni Moskvaga borish rejasiga munosabat bildirib, buni “tavsiya etmasligini” aytdi.

 

U Rossiyaning 9-may arafasidagi sulh taklifiga javoban “sukut rejimi”ni joriy qilgan edi, biroq Rossiya harbiy harakatlarini to‘xtatmagan. Ukraina esa bunga mos javob qaytarilishini bildirgan.

 

“Rossiyaga yaqin ayrim davlatlardan ularning vakillari Moskvada borishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar ham bor. G‘alati istak... aynan shu kunlarda-ya. Biz buni tavsiya etmaymiz”, — dedi prezident kechki murojaati davomida.

 

Kreml tomonidan e’lon qilinga ro‘yxatga ko‘ra, qizil maydondagi paradda Abxaziya, Belarus, Laos, Malayziya, Slovakiya, Janubiy Osetiya, Serb Respublikasi kabi davlatlarning rahbalari va hukumatdagi yuqori lavozimdagi shaxslar ishtirok etadi.

 

Reuters nashrining yozishicha, 9-may kuni Moskvada xavfsizlik kuchlari kuchaytiriladi. Bunga sabab sifatida birinchi Ukraining shu kuni Moskvaga dron hujumi uyushtirish haqidagi gaplari bo‘lsa, ikkinchidan G‘arb mediasi va turli xil ravedka tashkilotlari tomonidan o‘sha kuni Putinga suiqasd yoki davlat to‘ntarishi rejalashtirilgan. Bu ham yetmaganidek xorijiy jurnalistlarining Moskvadagi paradda qatnashishi haqidagi akkreditatsiya bekor qilingan.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitry Peskov buni Ukrainadan kutilayotgan “terrorchilik tahdidi” bilan izohladi. Ammo u Putinga qarshi kutilayotgan suiqasdni rad etdi.

 

Avval xabar berganizmidek, Moskvadagi qizil maydonda o‘tkaziladigan paradda harbiy texniklar ishtirok etmaydi. U yerda faqat askarlar ishtirok etadi.

 

Moskvadagi parad haqidagi videoni ko‘rmagan bo’lsangiz Zamon.uzning YouTube sahifasida tomosha qiling.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kremlning Parad rejalari o'zgarib ketdi | Zamon.uz