O'zbekiston

Milliy mediada kadrlar salohiyatini yuksaltirishning amaliy natijalari: Navoiyda “Media haftalik” yakunlandi

Tadbir davomida 200 ga yaqin ishtirokchiga sertifikat, 12 nafar faol kontent-meykerga esa maxsus kartalar topshirildi.

Milliy mediada kadrlar salohiyatini yuksaltirishning amaliy natijalari: Navoiyda “Media haftalik” yakunlandi

 

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” yakuniga yetdi. Tadbir milliy media sohasida kadrlar salohiyatini yuksaltirish, yosh jurnalist va kontent-meykerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

 

                 

 

Yakuniy bosqichda o‘tkazilgan Media forumda soha vakillari milliy axborot makonini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, sifatli media mahsulotlar yaratish hamda xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni oshirish masalalarini muhokama qildilar.

 

Tadbir doirasida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda “Aloqabank” mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yosh kontent-meykerlar, bloger va jurnalistlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning professional o‘sishini ta’minlash uchun taqdim etilayotgan yangi imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

 

               

 

Haftalik doirasidagi nazariy bilimlar amaliy rag‘bat bilan uyg‘unlashib ketdi. O‘zlarining kreativ yondashuvi va izlanishlari uchun 12 nafar faol kontent-meyker maxsus plastik kartalar bilan taqdirlandi. Yangi g‘oyalarga ochiqligi hamda media sohasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirganining munosib e’tirofi sifatida 200 ga yaqin ishtirokchiga sertifikatlar topshirildi.

 

             

 

Navoiydagi mazkur “Media haftalik” turli avlod va qarashdagi media vakillarini bir maqsad yo‘lida birlashtirgan, fikr va tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqqan chinakam ijodiy platformaga aylandi. Eng muhimi, ushbu muloqot va ilgari surilgan tashabbuslar yaqin kelajakda yanada sifatli, global miqyosda raqobatbardosh va xalqchil milliy mediamizni shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

 

               

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.