O'zbekiston

Olmaotadagi o‘zbek diplomatlari 82 nafar vatandoshga yordam ko‘rsatdi

Qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga vaqtinchalik boshpana, tibbiy yordam va qaytish hujjatlari taqdim etildi.

Olmaotadagi o‘zbek diplomatlari 82 nafar vatandoshga yordam ko‘rsatdi

 

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi bir oy davomida diplomatlar tomonidan 82 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik, huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam taqdim etilgan.

 

Jumladan, vaqtinchalik yashash joyiga ega bo‘lmagan 11 nafar fuqaro yotoqxonalarga joylashtirilgan. Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yana 13 nafar vatandoshga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar olib berilgan.

 

Shuningdek, noqonuniy ravishda ushlab qolingan 34 nafar fuqaroning pasportlari qaytarilishiga erishilgan. Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bir fuqaro kasalxonaga yotqizilib, davolanish xarajatlari davlat tomonidan qoplangan.

 

Bosh konsullik xodimlari vaqtinchalik saqlash muassasalarida bo‘lgan 221 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazib, ularning vataniga qaytishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.

 

Bundan tashqari, Chimkent shahrida ko‘chma konsullik qabuli tashkil etilib, 60 dan ortiq fuqaroga biometrik pasport, fuqarolik va qaytish hujjatlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan.

 

Diplomatlar Olmaota va Chimkentdagi qurilish obyektlariga ham tashrif buyurib, 170 dan ortiq migrant bilan uchrashgan. Suhbatlar davomida fuqarolarga migratsiya qonunchiligiga rioya qilish, xorijdagi mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda noqonuniy va ekstremistik tashkilotlar faoliyatidan yiroq bo‘lish zarurligi tushuntirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Olmaotadagi o‘zbek diplomatlari 82 nafar vatandoshga yordam ko‘rsatdi | Zamon.uz