O'zbekiston

O‘tmish tajribasi va kelajak ovozi: Jurnalistlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Ushbu tadbir O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Kontent markazi hamkorligida tashkil etildi.

O‘tmish tajribasi va kelajak ovozi: Jurnalistlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Kontent markazi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. 

 

 

Mazkur uchrashuvda uzoq yillar ommaviy axborot vositalarida samarali faoliyat yuritgan faxriy jurnalistlar, soha fidoyilari, o‘rta avlod vakillari hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan va sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida so‘z olganlar Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, mamlakatda inson qadri, ustozlarga hurmat va tarixiy xotirani e’zozlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Uchrashuv davomida faxriy jurnalistlar o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, kasb faoliyatidagi murakkab va mas’uliyatli jarayonlar, ijodiy izlanishlar hamda yillar davomida orttirilgan tajribalari haqida samimiy hikoyalar qilib berdilar. Ayniqsa, matbuot va jurnalistika sohasining turli davrlardagi o‘ziga xos jihatlari, kasbga sadoqat, so‘z mas’uliyati va fidoyilik haqida bildirilgan fikrlar yoshlar uchun katta hayotiy maktab vazifasini o‘tadi.

 

 

Shuningdek, ustoz jurnalistlar bugungi yosh avlodning intilishlari va zamonaviy media makondagi faolligini yuqori baholab, ularga doimiy o‘qish, izlanish, milliy qadriyatlarga sodiq qolish hamda jurnalistikaning asosiy tamoyillariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berdilar. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, ustozlar bilan erkin suhbat qurish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

Qayd etilishicha, “Uch avlod uchrashuvi” nafaqat xotira va qadrlash tuyg‘ularini yuksaltirgan, balki ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, boy tajribani yosh avlodga yetkazish hamda milliy jurnalistikaning bardavom rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim ma’naviy platformaga aylandi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.