O'zbekiston

O‘zbekistonda “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi o‘tkazilmoqda

Oylik doirasida bir qator yo‘nalishlarda oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

O‘zbekistonda “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi boshlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, may oyi davomida oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlarni mas’uliyatli oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

 

Oylik doirasida farovon va ahil oilalar tajribasini ommalashtirish, yoshlar orasida sog‘lom oila tushunchasini shakllantirish hamda oilalarda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash asosiy maqsad etib belgilangan.

 

Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi”, “Eng namunali yosh oila” va “Ibratli harbiy oilalar” kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Namunali oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 2025-yilda mazkur mukofotga 2 mingta oila sazovor bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekistonda farovon oila modeli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.

 

Oylik doirasida oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholiga psixologik va huquqiy maslahatlar berish bo‘yicha ham amaliy tadbirlar tashkil etiladi.

 

Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari, marafonlar, shaxmat va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.