O'zbekiston

Toshkentda “Xalqaro migratsiya forumi — 2026” o‘tkaziladi

Forumda BMT tizimi, xalqaro tashkilotlar, vazirliklar, ekspertlar va xorijiy ish beruvchilar vakillari ishtirok etadi.

Toshkentda “Xalqaro migratsiya forumi — 2026” o‘tkaziladi

 

2026-yil 18–19 may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida “Xalqaro migratsiya forumi — 2026” bo‘lib o‘tadi.

 

Forum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Xalqaro Migratsiya Tashkiloti hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi plenar sessiyalar, mehnat migratsiyasi, malakalar, gender, yoshlar va iqlim masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, forum davomida ish beruvchilar bilan B2B, B2G va G2G formatidagi uchrashuvlar, xalqaro va mahalliy OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Yangi hamkorlik kelishuvlari va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

 

Forumda BMT tizimi va xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, Yevropa va Osiyo davlatlaridan ish beruvchilar, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashadi. Tadbirda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Forumning asosiy g‘oyasi sifatida “Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya — barqaror taraqqiyot asosi” tamoyili ilgari surilgan.

 

Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: timf.uz

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Xalqaro migratsiya forumi — 2026” o‘tkaziladi | Zamon.uz