O'zbekiston

G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etildi

Prokuratura organlari tomonidan urush faxriylari va front ortida xizmat qilganlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.

G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori ijrosi doirasida Bosh prokuratura, Toshkent shahar prokuraturasi, Harbiy va Transport prokuraturalari tomonidan qator xotira tadbirlari tashkil etildi.

 

Joriy yilning 8-may kuni Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi, Toshkent shahar, Harbiy hamda Transport prokuraturalari xodimlari, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi vakillari va Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

 

Tadbir davomida “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yilib, Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1941–1945-yillarda prokuratura organlarida jami 500 nafar xodim faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning qariyb 400 nafari urushga safarbar etilgan. Qolgan xodimlar esa front ortida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, front ehtiyojlari uchun resurslar yetkazib berish hamda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan voyaga yetmaganlarni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalarni bajargan.

 

Shuningdek, tadbir doirasida prokuratura tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlarida jasorat ko‘rsatgan va front ortida fidokorona xizmat qilgan faxriylarning qabrlari ziyorat qilindi.

 

Dastlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” qabristonida dafn etilgan faxriylar — Mannanov, Usmonov, Inomjonov va boshqa marhumlar xotirasi yod etildi.

 

Shundan so‘ng Olmazor tumanidagi “Chig‘atoy” qabristoniga tashrif buyurilib, Ustaboyev, Rashidov, Ro‘zmetov, Sheraliyev, Mustafoyev va boshqa faxriylarning qabrlari poyiga gullar qo‘yildi.

 

Tadbir davomida prokuratura rahbariyati marhum faxriylarning oila a’zolari bilan suhbatlashib, ularning holidan xabar oldi.

 

Qayd etilishicha, bu kabi xotira va ehtirom tadbirlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etildi | Zamon.uz