O'zbekiston

Markaziy Osiyo urush faxriylariga qanchadan pul berdi?

Bu yil 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladigan bo‘ldi. Umuman olganda, 2026 yil holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda nechta urush faxriysi yashamoqda va bu yil ularga qancha mukofot puli to‘lanyapti?

Markaziy Osiyo urush faxriylariga qanchadan pul berdi?

 

Ikkinchi jahon urushi. Necha-necha odamlarning yostig‘ini quritdi. Masalan, urush davrida biz 6,5 mln edik. Shundan 1 million 951 mingdan ortiq vatandoshimiz frontga jo‘natilgan. Ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan. Umuman olganda, Sovet armiyasida Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi 10-12 foiz bo’lgan bo‘lsa, eng ko‘pi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.  

 

2026-yil holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda nechta urush faxriysi yashamoqda va bu yil ularga qancha mukofot puli to‘lanyapti?

 

 

 

 

O‘zbekiston

 

2023 yil 6 mayda eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni  174 nafarni  tashkil etgan. 2024 yilga kelib, ularning  112 nafari qolgan. 2025 yilda ushbu raqam 82 ga aylangan. Bu yilda esa 60 nafar urush faxriysi umrguzaronlik qilyapti.  9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli tayinlangan.

 

Taʼkidlash joiz, O‘zbekistonda eng ko‘p pul mablag‘i o‘tgan yili berilgan. Xususan, urush qatnashchilari 10 ming dollardan, urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biri 25 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlangan. Hozirda urush qatnashchilarining eng ko‘pi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hayot kechiryapti.

 

Qozog‘iston

 

Hozirgi paytda Qozog‘istonda Ikkinchi jahon urushining 83 nafar guvohi qoldi.  Ularning  69 nafari -urush qatnashchilari, 14 nafari - nogironlari hisoblanadi. Faxriylarning 26 nafari Olmaota shahrida istiqomat qilyapti.  2025 yilda ular 111 nafar bo‘lgan. Maʼlum bo‘lishicha, mamlakatda g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 5 million tenge yaʼni 10 000 AQSH dollaridan ortiq pul berilgan.  Bundan tashqari, urushda halok bo‘lganlarning bevalari, nogironlar, front ortida xizmat qilganlar, hammasi bo‘lib 32 900 kishi bayram puli olgan.Qayd etilishicha, Qozog‘istonda pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar har yili oshirilmoqda.

 

2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi faxriylari pensiyalarni hisobga olganda 290 000, urush davrida nogiron bo‘lganlar esa 300 000 tenge o‘rtacha oylik nafaqa oladi. Bu 600 dollardan ko‘proq. Moliyaviy mablag‘lardan tashqari, yagona ijtimoiy himoya tizimi yaratilgan. Bayonotda aytilishicha, urush faxriylariga bepul muolaja, ixtisoslashgan shifoxonalarda malakali tibbiy yordam, uy-joy va boshqa yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Taʼkidlash joiz, qozog‘istonlik urush qatnashchilariga o‘tgan yil ham 5 mln tenge berilgan.

 

Qirg‘iziston

 

Qirg‘iziston Mehnat vazirligi 2026 yil holatiga ko‘ra, mamlakatda 24 nafar urush faxriysi qolganini maʼlum qildi.  Shundan 8 nafari urush qatnashchisi hisoblanadi. Sadir Japarov urush faxriylariga 200 ming somdan to‘lashni topshirgan. Bu o‘zbek so‘mida 27 mlndan ko‘proqni tashkil etadi.2025 yilda Qirg‘izistonda 32 nafar urushi faxriysi bo‘lgan. O‘shanda ularning har biri 100 000 somdan olgan. 

 

Tojikiston

 

2026 yil 30 aprel holatiga ko‘ra, Tojikistonda 8 nafar urush faxriysi istiqomat qiladi.  Prezident Imomali Rahmon ularning har biriga 50 ming somoniydan ajratdi. Bu so‘mda 64 mln degani. Frontortida mehnat qilgan 39 nafar kishiga esa 10 ming somoniydan tayinlangan.Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yili mamlakatda urush qatnashchilari va nogironlariga 25 ming somoniydan berilgan. O‘shanda urush qatnashchilari 17 nafar, frontorti mehnatkashlari 121 nafar edi.

 

Turkmaniston

 

Bu mamlakatda qancha urush qatnashchilari borligi haqida ochiq maʼlumotlar mavjud emas. Pul mukofotlari miqdori esa deyarli oshkor etilmaydi. Ayrim manbalarga ko‘ra, 2023 yilda urush faxriylariga 200 manat berilgani aytiladi. Bu rasmiy kurs bo‘yicha taxminan 57 dollar. 4 may kuni prezident Serdar Berdimuhamedov imzolagan farmonda ham pul mablag‘lari miqdori ko‘rsatilmagan.

 

Hujjatda  urush faxriylariga va front ortidagi mehnatkashlarga davlat rahbari nomidan pul va qimmatbaho sovg‘alar topshirilishi belgilangan. Shuningdek, hokimliklarga xotira tadbirlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

custom img

Jizzaxda ayol qo‘shnisining bolasini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Tramp o‘z surati tushirilgan AQSHning yangi esdalik pasporti namunasini namoyish etdi

Cheklangan miqdorda chiqariladigan hujjat Vashingtondagi pasport agentligiga shaxsan murojaat qilib pasportini yangilagan fuqarolarga beriladi.

custom img

O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin

Ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda botulizm aniqlandi

Ayrim bemorlarda “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” hamda “Dysport” preparatlari kosmetologik maqsadlarda qo‘llanganidan so‘ng og‘ir nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan.

custom img

O‘zbekistonda alkogol va tamaki aylanmasi bo‘yicha 3 mingdan ortiq noqonuniy holatga chek qo‘yildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

custom img

“Oltin qalam” Milliy mukofoti – 2026 tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

custom img

O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirilmoqda

Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud hamda 208 ta tuman va shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlaydi.

custom img

Chirchiqda Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli u kuchli suv oqimida oqib ketgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"