O'zbekiston

O‘zbekiston koreys tili maktablari soni o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

So‘nggi bir yil davomida mamlakatda koreys tiliga ixtisoslashgan sinflarga ega yana 68 ta ta’lim muassasasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston koreys tili maktablari soni o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

O‘zbekiston koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonining o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatga aylandi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir yil davomida mamlakatda koreys tiliga ixtisoslashgan sinflarga ega yana 68 ta ta’lim muassasasi tashkil etilgan.

 

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Vyetnam, Shri Lanka, Filippin, Braziliya va AQSHdan oldinga chiqdi.

 

Mutaxassislar koreys tiliga qiziqish ortishini yoshlar orasida Janubiy Koreya madaniyatining keng ommalashayotgani bilan izohlamoqda. 

 

Xususan, K-pop, doramalar hamda internet platformalari bu jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreyada ta’lim olish istagi ham tobora ortib bormoqda.

 

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya tashkilotlari tomonidan ta’lim dasturlarining qo‘llab-quvvatlanayotgani ham muhim omillardan biri bo‘lgan. Loyihalar doirasida sinf xonalari jihozlanib, maxsus o‘quv adabiyotlari yetkazib berilmoqda hamda o‘qituvchilar malakasi oshirilmoqda.

 

2025-yil yakunlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qariyb 2,7 mingta maktabda koreys tili o‘qitilgan. So‘nggi to‘rt yil ichida bunday ta’lim muassasalari soni 54 foizga oshgan. Hozirda Janubiy Koreyadan tashqarida koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni 236 ming nafarga yetgan.

 

Bugungi kunda Janubiy Koreya universitetlari o‘zbekistonlik yoshlar orasida ommabop yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Respublikada qo‘shma ta’lim dasturlari va Koreya oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyat yuritmoqda. 

 

Turli madaniy festivallar, til olimpiadalari va akademik almashinuv dasturlari ham koreys tilini o‘rganayotganlar sonining ortishiga xizmat qilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.