O'zbekiston

Toshkentda opa ukasi bilan uy talashib, 197 mln so‘m undirdi

Pul mablag‘lari MIB orqali ukadan opaga undirib berilgan.

Toshkentda opa ukasi bilan uy talashib, 197 mln so‘m undirdi

Toshkentning Uchtepa tumanida yashab kelgan V.F. taqdir taqozasi bilan AVQ fuqaroligini olib, u yerda oilasi bilan yashab, ishlashni boshlagan edi.

 

Joriy yilda u onasining vafot etganini eshitib, Toshkent shahriga kelgan va onasining nomidagi uyni o‘z nomiga rasmiylashtiradi.

 

Bundan xabar topgan V.F.ning opasi V.Z. ushbu xonadonga uni ham ulushi borligini aytib, o‘rtasida nizo kelib chiqadi.Opa esa buni sud orqali hal etishni va ushbu uyga kirish, foydalanish huquqini olish maqsadida sudga daʼvo ariza kiritadi.

 

Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 30.04.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor V.F.dan o‘z opasi V.z. foydasiga 197 mln 296 ming so‘mlik qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Uchtepa tuman bo‘limiga kelib tushadi.

 

Ijro harakatlari davomida, qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun 15 (o‘n besh) kunlik ixtiyoriy muddat berilib, uning nomida bo‘lgan 1 dona ko‘chmas mulk borligi aniqlanib, band solingan.

 

MIB Davlat ijrochilari ham qarzdorga majburiy ijro etish choralari va ularning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilgan.

 

Olib borilgan samarali tushuntirishlar natijasida, ijro hujjatini o‘z vaqtida ijro qilishning mohiyatini hamda qarzdorlikni to‘lamaslikning salbiy oqibatlarini to‘liq anglagan qarzdor V.Fedusov opasi V.Zinkevichga o‘sha kunning o‘zida jami 197 mln 296 ming so‘mlik qarzdorlikni to‘lab bergan.

 

Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik to‘liq undirilgach, darhol undiruvchi V.Zinkevichga xabar berilgan.

 

Shundan so‘ng, undirilgan pul mablag‘lari 05.05.2026 yilda fuqaro V.Zinkevich nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasiga o‘tkazib berilib, ijro ishi amalda tamomlangan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.