O'zbekiston

Toshkentda ota farzandi uchun 121 mln so‘m aliment oldindan to‘ladi

Erkak shu tariqa farzandi 18 yoshga to‘lguncha bo‘lgan aliment to‘lovlarini amalga oshirgan.

Toshkentda ota farzandi uchun 121 mln so‘m aliment oldindan to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 30.07.2012 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor T.A.dan undiruvchi g.I. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi taʼminoti uchun daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati 2019 yil aprel oyida kelib tushgan.

 

Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor otaga aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Aliment undiruvini ish haqiga qaratish maqsadida ish joyiga talabnoma yuborilib, to‘lovlar muntazam ravishda undirib kelingan.

 

Biroq bu voqea oddiy ijro ishidan ko‘ra, insoniy masʼuliyat va farzand taqdiriga befarq bo‘lmagan ota qarori bilan ahamiyatli bo‘ldi.

 

Aliment to‘lovi 2030 yilga qadar davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor ota farzandining kelajagini o‘ylab, uning 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment mablag‘larini oldindan to‘lash istagini bildirdi. Undiruvchi bilan o‘zaro kelishuvga erishilib, davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishlari va amaliy ko‘magi natijasida 4 yillik aliment pullari to‘liq undirib berildi.

 

Shu tariqa, bir nafar farzand taʼminoti uchun jami 121 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘i oldindan to‘lab berildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.