O'zbekiston

Bozor faoliyatidagi ortiqcha talablar 30 foizga qisqartiriladi

Majburiy talablar yagona reyestrga kiritilib, elektron monitoring tizimi joriy etiladi.

Bozor faoliyatidagi ortiqcha talablar 30 foizga qisqartiriladi

 

Majburiy talablarni maqbullashtirish va byurokratik yukni qisqartirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Taqdimotda tadbirkorlik faoliyatiga oid majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni maqbullashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.



Qayd etilishicha, bugungi kunda bozorlar faoliyatiga doir 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ortiq talablar tarqoq holda qo‘llanilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali mavjud talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.



Shuningdek, sanitariya talablariga muvofiqlik bo‘yicha dalolatnomalarni shakllantirish hamda tekshiruvdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali yuritish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.



Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi barcha majburiy talablarni yagona Majburiy talablar reyestriga kiritish, ularni amaliy ko‘rsatkichlar asosida baholash hamda kompleks monitoring tizimini joriy etish taklif qilindi.



Bundan tashqari, BAA va Singapur tajribasi asosida samarasiz, eskirgan va ortiqcha byurokratik talablarni bosqichma-bosqich bekor qilish, “Biznes kalkulyatori”, “gilyotina” usuli hamda “one in — one out” mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.



Shuningdek, har bir talabning samaradorligini muntazam monitoring qilish hamda har uch yilda uning natijadorligini qayta baholash tizimi yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bozor faoliyatidagi ortiqcha talablar 30 foizga qisqartiriladi | Zamon.uz