O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasida “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusi yoritilishi”ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Tadbir doirasida Nozima Vohidova “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Jurnalistlar uyushmasida “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusi yoritilishi”ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

 

2026-yil 13-may kuni Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusini yoritishning dolzarb masalalari” mavzusida Jurnalist ayollar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda kengash aʼzolari, ayol jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Yigʻilish davomida ommaviy axborot vositalarida oila mavzusini yoritish masalalari, milliy qadriyatlar, oilaviy muhitning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni, ayollarning oiladagi masʼuliyati hamda farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida fikr almashildi.

 

Soʻzga chiqqanlar oila jamiyatning tayanchi, maʼnaviyat va tarbiya maskani ekanini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida OAV vakillarining oilaviy qadriyatlarni targʻib etish, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish hamda jamiyatda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlashdagi oʻrni muhim ekani qayd etildi.

 

Tadbirda jurnalistlarning bu boradagi masʼuliyati, media materiallarda oilaga oid mavzularni haqqoniy va taʼsirchan yoritish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tadbir doirasida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma'rifat» telekanali» davlat muassasasi «Kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj» muharririyatining katta muharriri  Nozima Vohidova Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi “Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 437-son qaroriga asosan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

Yigʻilish yakunida oilaviy qadriyatlarni keng targʻib qilish, ayol jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash hamda OAVda oila mavzusidagi materiallar sifatini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jurnalistlar uyushmasida “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusi yoritilishi”ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi | Zamon.uz