Jahon

AQSH JCh muxlislari uchun viza garovi talabini bekor qildi

Buning uchun JCh chiptasiga ega muxlislar FIFA Pass tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

AQSH JCh muxlislari uchun viza garovi talabini bekor qildi

AQSH hukumati futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan ayrim davlatlar fuqarolari uchun mamlakatga kirishda amal qilgan viza garovi talabini bekor qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamentiga tayanib AP xabar berdi.

 

Qarorga ko‘ra, FIFA’dan rasmiy chipta xarid qilgan Jazoir, Kabo-Verde, Kot-d’Ivuar, Senegal va Tunis fuqarolari endilikda AQSHga kirishda 5 ming dollardan 15 ming dollargacha bo‘lgan garov pulini to‘lamaydi.

 

Mazkur garov tizimi Tramp ma’muriyati tomonidan o‘tgan yili joriy etilgan bo‘lib, u vizasi muddati tugaganidan keyin AQSH hududida qolib ketish holatlari yuqori deb baholangan davlatlar fuqarolariga tatbiq etilgan edi. Hozirda bunday talab 50 ta mamlakat fuqarolariga nisbatan qo‘llanadi.

 

AQSH Davlat departamenti Konsullik ishlari bo‘yicha yordamchi kotibi Mora Namdar mamlakat tarixdagi “eng yirik va eng yaxshi” FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qilishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

 

“Jahon chempionati chiptasini xarid qilgan va FIFA Pass tizimida ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar uchun viza garovlari bekor qilinmoqda”, — dedi u.

 

Qayd etilishicha, FIFA Pass tizimi xorijlik muxlislarga vizani tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beradi. Futbolchilar, murabbiylar hamda turnir bilan bog‘liq ayrim rasmiy xodimlar esa avvaldan ushbu talabdan ozod etilgan edi.

 

FIFA ham qarorni AQSH hukumati va Oq uy bilan olib borilgan hamkorlik natijasi sifatida baholadi. Tashkilot bayonotida bu qadam “muvaffaqiyatli, rekord darajadagi va unutilmas global turnir” o‘tkazishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

Shu bilan birga, AQSH ma’muriyatining immigratsiya siyosati Jahon chempionati arafasida ham tanqid qilinmoqda. Xususan, ayrim davlatlar fuqarolari uchun sayohat cheklovlari saqlanib qolmoqda. Eron va Gaiti fuqarolarining AQSHga kirishi taqiqlangan bo‘lsa, Kot-d’Ivuar va Senegal fuqarolariga nisbatan qisman cheklovlar amal qiladi.

 

Bundan tashqari, inson huquqlari tashkilotlari xorijlik sayohatchilar uchun vizalar, chegaradagi tekshiruvlar va immigratsiya siyosati bilan bog‘liq xavotirlar kuchayganini bildirgan. Xalqaro amnistiya tashkiloti  va AQSHdagi bir qator fuqarolik tashkilotlari shu munosabat bilan “Jahon chempionati sayohat ogohlantirishi”ni ham e’lon qilgan.

 

AQSH mehmonxona sohasi vakillari esa viza cheklovlari va geosiyosiy omillar sabab xorijiy muxlislar oqimi kutilganidan past bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanadi. Turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH JCh muxlislari uchun viza garovi talabini bekor qildi | Zamon.uz