Jahon

Netanyaxu urush davrida BAAga maxfiy tashrif buyurgan

“Mossad” rahbari ham mojaro davomida hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida kamida ikki marta BAAga borgan.

Netanyaxu urush davrida BAAga maxfiy tashrif buyurgan

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan urush davrida yashirin ravishda Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.

 

Bosh vazir idorasi xabariga ko‘ra, Netanyaxu BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid bilan uchrashuv o‘tkazgan. Idora bayonotida ushbu tashrif Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlarda “tarixiy yutuq” bo‘lgani ta’kidlangan.

 

Avvalroq AQSHning yuqori martabali amaldorlari Isroil Eron bilan urush vaqtida BAAga “Iron Dome” havo mudofaa tizimi hamda uni boshqaruvchi harbiylarni yuborganini tasdiqlagan edi.

 

The Wall Street Journal nashrining arab amaldorlari va vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib yozishicha, “Mossad” rahbari David Barnea ham mojaro davomida hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida kamida ikki marta BAAga borgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Isroil va BAA Eronning yirik neft-kimyo obyektiga uyushtirilgan hujumni ham muvofiqlashtirgan bo‘lishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Isroil va BAA 2020-yilda diplomatik munosabatlarni normallashtirgan edi. 2018-yilda ham Netanyaxuning Shayx Muhammad bin Zoid bilan yashirin uchrashuv uchun BAAga borgani haqida xabarlar tarqalgan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.