Sirdaryoda soliq qarzi sabab fermerning yeri xatlandi
Ayni paytda yer maydonini auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Prezidentning 2025 yil 28 martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq surunkali ravishda soliq qarzini to‘lamay kelgan fermer xo‘jaliklarining yer ijara huquqlari qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “Malik” fermer xo‘jaligining 55,4 mln so‘m soliq qarzi evaziga qarzdorning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni xatlandi.
Mazkur yer maydonini auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Bu kabi tadbirlar davom etilmoqda.








