Jahon

Tramp Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi: Si Szinpin bilan muzokaralar boshlandi

Tramp bilan birga AQShning yirik texnologik va moliyaviy kompaniyalari rahbarlari ham Pekinga keldi.

Tramp Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi: Si Szinpin bilan muzokaralar boshlandi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan yetib keldi. Mazkur safar 2017 yildan buyon uning Pekinga birinchi tashrifi hisoblanadi.

 

Tashrif doirasida Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan  yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlar Xalq vakillari saroyida bo‘lib o‘tmoqda va tomonlar AQSh–Xitoy munosabatlarining eng muhim yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.

 

Muzokaralarning markaziy yo‘nalishi sifatida iqtisodiy hamkorlik, savdo balansidagi tafovutlar hamda texnologik sohadagi raqobat qayd etilmoqda. Xususan, AQSh tomoni Xitoy bozorini amerikalik yirik texnologik kompaniyalar uchun kengroq ochish masalasini ko‘tarishi kutilmoqda.

 

Pekin esa o‘z navbatida Vashington bilan savdo ziddiyatlarini yumshatish, boj siyosatini barqarorlashtirish hamda mavjud vaqtinchalik kelishuvlarni uzaytirishdan manfaatdor ekani aytilmoqda.

 

Tramp Pekinga yetib kelgach, yuqori darajadagi rasmiylar tomonidan kutib olindi. Kutib olish marosimi doirasida harbiy orkestr va ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan tantanali tadbir tashkil etildi.

 

Xalq vakillari saroyida muzokaralar boshlanishidan avval tomonlar qisqa bayonotlar bilan chiqish qildi.

 

Si Szinpin global geosiyosiy vaziyat keskinlashib borayotganini ta’kidlab, “dunyo miqyosida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar davri” yuz berayotganini qayd etdi hamda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik global barqarorlik uchun muhimligini bildirdi.

 

Tramp esa ikki davlat o‘rtasida mavjud muammolar bo‘lishiga qaramay, ularni tezkor diplomatik muloqot orqali hal qilish mumkinligini ta’kidladi. U Si Szinpinni “qat’iyatli va buyuk yetakchi” sifatida baholagan holda, muzokaralardan ijobiy natijalar kutayotganini bildirdi.

 

Tashrif davomida tomonlar nafaqat savdo-iqtisodiy masalalar, balki global siyosiy kun tartibini ham muhokama qilishi kutilmoqda. Xususan, Eron atrofidagi vaziyat, Tayvan masalasi va texnologik cheklovlar bo‘yicha qarama-qarshiliklar kun tartibidan o‘rin olishi mumkin.

 

Shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi texnologik raqobat, ayniqsa sun’iy intellekt va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasidagi keskinlik ham muzokaralarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi.

 

Tramp bilan birga keng tarkibli delegatsiya ham Pekinga kelgan. Unda AQShning yirik texnologik va moliyaviy kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Jumladan, Nvidia, Apple, Tesla va BlackRock kabi kompaniyalar rahbarlari delegatsiya tarkibida ekani qayd etilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, biznes elitaning muzokaralarda ishtirok etishi AQSh–Xitoy iqtisodiy aloqalarida yangi mexanizmlar shakllanishi ehtimolini kuchaytiradi, ayniqsa chiplar va sun’iy intellekt texnologiyalari bozorida.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, rasmiy muzokaralardan tashqari davlat ziyofati, qo‘shimcha ikki tomonlama uchrashuvlar hamda ishchi tushliklar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Tashrif yakunida tomonlar qo‘shma bayonot bilan chiqishi mumkinligi ham istisno etilmayapti, biroq ekspertlar keskin strategik kelishuvlar bo‘yicha yirik yutuqlar ehtimolini past baholamoqda.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.