O'zbekiston

Oʻzbekistonda tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani endi onlayn olish mumkin

2023-yildan keyin tugʻilgan bolalar uchun tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma elektron shaklda taqdim etiladi.

Oʻzbekistonda tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani endi onlayn olish mumkin

Oʻzbekistonda tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani endilikda onlayn tarzda olish imkoniyati yaratildi. Yangi xizmat orqali fuqarolar tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani my.gov.uz portali orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin boʻladi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 550-son qaroriga muvofiq, 2023-yildan boshlab tugʻilganlikni qayd etish kompleks davlat xizmati asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tartibga koʻra, tugʻruqxona chaqaloq haqidagi maʼlumotlarni elektron tarzda FHDY organlariga yuboradi va hujjatlar avtomatik shakllantiriladi.

 

Avval faqat tugʻruqxona tomonidan QR-kodli shaklda berilgan maʼlumotnoma endi my.gov.uz portali orqali ham taqdim etiladi. Ushbu hujjat tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilgan.

 

Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi my.gov.uz portaliga ERI yoki OneID orqali kiradi. Farzand tugʻilganligi FHDY organida qayd etilgach, onaning shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi. Soʻng “Maʼlumotnomalar” bo‘limi orqali kerakli hujjatni yuklab olish mumkin bo‘ladi.

 

Mazkur xizmat bepul taqdim etiladi hamda ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etadi. Shuningdek, maʼlumotnoma yoʻqolgan taqdirda uni istalgan vaqtda portal orqali qayta yuklab olish imkoniyati mavjud.

 

Taʼkidlanishicha, xizmat 2023-yil va undan keyin tugʻilgan bolalar uchun amal qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Oʻzbekistonda tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani endi onlayn olish mumkin | Zamon.uz